O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 3444 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida 21 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 9 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Navoiy viloyatida 21 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, sog‘ayganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Ularning barchasi ushbu viloyatdan (20 nafari Zarafshon shahridan, 1 nafari Xatirchi tumanidan).

Ma’lumot uchun, Navoiy viloyatida sog‘ayganlar 114 nafar bo‘lsa, endilikda ular 135 nafarga yetib, davolanayotganlar 94 nafarni tashkil etmoqda. Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 87 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3444 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing