O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 31 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 189 nafarga oshib, 35 702 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    184 nafari Toshkent shahrida;

•    5 nafari esa Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 25 yoshli M.R. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 31 384 (+411) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 87 foizga yetdi. “Worldmeters” ma’lumotiga ko‘ra, sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 50-o‘ringa ko‘tarildi.

Hozirda mamlakatda 4 082 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing