O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 27 nafarga ortdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 27 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 16 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning barchasi Toshkent shahridan va koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 1 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 31 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 11 yoshda.

Shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Qolgan 20 nafar fuqaro esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ulardan 21 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 682 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 709 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2195 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

195

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing