O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2372 nafarga yetdi
Jamiyat
−
20 may 2020
6350Samarqand viloyatida 3 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 20 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Samarqand viloyatida 3 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sog‘ayganlarning 1 nafari 47 yoshli erkak, 2 nafari esa 43 yoshli va 42 yoshli ayollar bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning barchasi Samarqand viloyatidan.
Ma’lumot uchun, Samarqand viloyatida shu paytga qadar 175 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 178 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugunning o‘zida 34 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2372 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2372 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha 2880 kishida koronavirus aniqlandi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi