O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2055 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida 9 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 13 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Samarqand viloyatida 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning barchasi Samarqand viloyatidan (3 nafari Toyloq tumanidan, yana 3 nafari Oqdaryo tumanidan, 2 nafari Payariq tumanidan va 1 nafari Samarqand shahridan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 3 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi esa 9 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 204 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ulardan hozirgacha 103 nafar bemor butunlay ushbu infeksiyadan sog‘aydi.

Ma’lumot uchun, Ayni paytda viloyatda 101 nafar bemor davolanmoqda. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2055 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2568 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing