O‘zbekistonda koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar 65 mingdan oshdi
Jamiyat
−
04 noyabr 2020
7488Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekistonda 219 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 577 nafarga yetdi.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida 227 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 67 845 nafar bemordan 65 112 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2156 nafar bemordan 256 nafari og‘ir, 68 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi