O‘zbekistonda koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2020
7406Bugun, 27 oktyabr kuni O‘zbekistonda 277 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 556 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida 289 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 65 944 nafar bemordan 63 165 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 223 nafar bemordan 274 nafari og‘ir, 74 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi