O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar 3 113 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 166 nafarga oshib, 40 613 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    115 nafari Toshkent shahrida;

•    40 nafari Toshkent viloyatida;

•    11 nafari Namangan viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 63 yoshli M.K. (erkak) hamda 59 yoshli M.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 37 200 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 113 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 279 nafari og‘ir, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

186

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing