O‘zbekistonda koronavirusdan holi hududlar soni ko‘paydi

Jamiyat

image

Navoiy viloyatida so‘nggi bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 4 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Navoiy viloyati ham koronavirus infeksiyasidan holi hududga aylandi. Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatiladi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Sog‘aygan bemor ayol 45 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. Koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Endilikda Navoiy viloyati ham barcha bemorlar butunlay sog‘ayib, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari qatori koronavirusdan xoli uchinchi hududga aylandi. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1328 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 2160 ta holat qayd etilgan. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing