O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 8222 nafarga yetdi
Jamiyat
−
29 iyun 2020
6315Bugun, 29 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 nafarga oshib, 8222 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 2 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 5496 (+167) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2702 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi