O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 14 mingdan oshdi
Jamiyat
−
15 iyul 2020
7196Bugun, 14 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92 nafarga oshib, 14085 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Toshkent shahrida, 32 nafar Samarqand viloyatida hamda 27 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 8327 (+297) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foizi) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda 5691 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi