O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 1000 nafardan oshdi

Jamiyat

image

2020 yil 14 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1054 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Kecha, 13 aprel kuni mamlakatda koronavirus aniqlanishi bo‘yicha kunlik rekord ko‘rsatkich qayd etilgandi. Bir kunning o‘zida, koronavirus bilan bog‘liq 133 ta holat aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 85 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing