Ertalabki noxush an’anaga bugun chek qo‘yildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 aprel soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1565 nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirus yuqtirganlar soni o‘zgarishsiz qoldi.

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan kunning ertasidan boshlab, muntazam ravishda soat 10:00 da Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlar soni ortgani haqida xabar berib kelayotgandi. Oradan biri oydan ortiq vaqt o‘tib, ilk bor soat 10:00 da yangi bemorlar aniqlangani haqida xabar berilmadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, Toshkentda 94 nafar bemor davolanmoqda — ularning 29 nafariga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan, 4 nafarining ahvoli og‘ir va yana 1 nafari o‘ta og‘ir holatda.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 83 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 194 bemordan 54 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 225 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing