O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan 4 kishining ahvoli og‘ir
Jamiyat
−
03 aprel 2020
11953O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi. Ularning 4 nafari og‘ir ahvolda qolyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Mamlakatimizda 3 aprel soat 9:00 holatida koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 221 nafarni tashkil etdi. Hozirgina Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyati bilan bo‘lgan suhbatda aniqlandiki, bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘irroq, deb baholanmoqda”, dedi Otabekov.
U kuzatuvlarga ko‘ra, bir odamdan 400 dan ortiq odamga kasallik yuqishi mumkin ekanligi aniqlanganini qo‘shimcha qildi
“Tasavvur qiling: mana shu 221 bemor vaqtida alohidalanmaganda, odamlar orasida qolganida qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Ehtiyot bo‘ling, ongli ravishda yo‘l tuting!”, deya ogohlantirdi Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi