O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari 30 nafarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Bu mamlakatda virusdan vafot etgan 30-bemor bo‘ldi. 

Joriy yilning 1 iyul kuni Toshkentda yashovchi 65 yoshli V.M. (erkak kishi) o‘ta og‘ir ahvolda  Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020 yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qo‘yilgan.

Bemorga  Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha  bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Joriy yilning 3 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing