O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi 

Jamiyat

image
Bosh prokuraturada karantinda nazoratni kuchaytirish uchun shtab tuzildi north_east

Bosh prokuraturada karantinda nazoratni kuchaytirish uchun shtab tuzildi

O‘zbekistonda aholi salomatligini saqlash maqsadida koronavirus bo‘yicha qator profilaktik cheklovlar qo‘yildi. Bu haqda tegishli tashkilotlar xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, barcha davolash-profilaktika muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘yicha quyidagi cheklov o‘rnatiladi:

•  bemorlarni ko‘rgani kelgan va boshqa begona shaxslarni davolash-profilaktika muassasalariga kirishi, bemorlarni tashxisot-davolash ishlariga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqot qilishlari taqiqlanadi; 

•  davolash-profilaktika muassasalariga kelayotgan bemorlarni tana haroratini o‘lchash, epidemiologik surishtiruv va koronavirus belgilariga tekshirib filtrdan o‘tkazish tashkil etiladi;

•  davolash-profilaktika muassasalariga kirish va chiqishni qat’iy tartib asosida amalga oshirilishi va ichki ishlar boshqarmalarini jalb etgan holda muassasani perimetri bo‘ylab kunu-tun qo‘riqlanishi joriy etiladi; 

•  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi huzuridagi virusologiya laboratoriyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlillarini o‘tkazish milliy referens laboratoriyasi deb belgilanadi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy SEOM virusologiya laboratoriyalarida o‘tkazilgan tahlillar musbat natija bergan hollarda milliy referens laboratoriyasida qayta tekshiruvdan o‘tkazilib, uning natijasiga asosan yakuniy tashxis qo‘yish amaliyoti joriy etiladi;

•  bemor va uning oila a’zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi;

•  epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan shaxslar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlarni kasallikka laboratoriyada tekshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida kirish-chiqish tartibi bo‘lgan alohida maxsus namuna olish va kutish xonalari tashkil etiladi, bunda, tahlil natijasi chiqqunga qadar bemorlarni yuz niqobini taqqan holda kutib turishlari joriy etiladi

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu virus bilan og‘riganlar 13 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 2100 kishi karantinga olingan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing