Bosh prokuraturada karantinda nazoratni kuchaytirish uchun shtab tuzildi
Jamiyat
−
18 mart 2020
8188O‘zbekistonda sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari buzilishining oldini olish maqsadida joriy yilning 16 mart kuni Bosh prokuraturada Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligida Shtab, viloyat va unga tenglashtirilgan prokuraturalarda viloyat prokurorlari rahbarligida hududiy shtablar, tuman - shahar prokuraturalarida tuman prokurorlari rahbarligida hududiy ishchi guruhlar tuzildi.
Shtablar va ishchi guruhlar faoliyatiga sog‘liqni saqlash, sanitariya - epidemiologik osoyishtalik, sanitariya - epidemiologiya nazorati, soliq, ichki ishlar organlari vakillari jalb etildi.
Shtablar va hududiy ishchi guruhlarga sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, aholi orasida asossiz vahima va xavotirlar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari va tibbiy buyumlar narx - navosi barqarorligini ta’minlash, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish bo‘yicha vazifalar yuklatilib, ijrosi tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu virus bilan og‘riganlar 13 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 2100 kishi karantinga olingan.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
LiveBarchasi