O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 15 nafarga yetdi
Jamiyat
−
18 mart 2020
25027Avvalroq, Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning turmush o‘rtog‘ida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Londonda bo‘lib qaytgan yana bir O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi.
Ta’kidlanishicha, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq dastlabki holat joriy yilning 15 mart kuni Parijdan kelgan o‘zbekistonlik ayolda aniqlangandi. Mamlakatda hozirgacha 2100 kishi karantinga olingan.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
LiveBarchasi