O‘zbekistonda konstitutsion tuzumni ag‘darmoqchi bo‘lgan shaxs O‘shda qo‘lga olindi
Olam
−
15 mart
21246Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida diniy ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun O‘zbekiston hududida qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi K.Sh.T. qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan O‘sh viloyati hududida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 1973 yilda tug‘ilgan K.Sh.T. qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan ushbu shaxs diniy ekstremistik faoliyatga jalb qilinganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilgani uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida qidiruvda bo‘lgan.
Hozirda qo‘lga olingan shaxs Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Jazoni ijro etish xizmatining Tergov hibsxonasida saqlanmoqda.
LiveBarchasi