O‘zbekistonda kimlar eng ko‘p oylik olishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
Toshkentda 5,4 mln, Samarqandda 2,6 mln. O‘zbekistonda o‘rtacha maosh qanchaligi ma’lum bo‘ldi north_east

Toshkentda 5,4 mln, Samarqandda 2,6 mln. O‘zbekistonda o‘rtacha maosh qanchaligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-iyun oylarida eng yuqori oylik maosh bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona xodimlariga to‘langan – o‘rtacha 9 mln 149,6 ming so‘m. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Aloqa va axborot sohasida faoliyat yurituvchilar ham maoshidan nolimasa bo‘ladi. Ular oyiga o‘rtacha 6 mln 693 ming so‘m ishlab topgan. Tashish va saqlash bilan bog‘liq faoliyatda mashg‘ul bo‘lganlar oyiga o‘rtacha 4 mln 653,4 ming so‘m daromad qilgan.

Sanoatda mashg‘ul bo‘lganlar oyiga o‘rtacha 4 mln 548,9 ming, qurilish sohasidagilar o‘rtacha 4 mln 226,3 ming, savdo sohasidagilar 3 mln 608 ming, ta’lim yo‘nalishidagi xodimlar 2 mln 583,8 ming va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimlari o‘rtacha 2 mln 377,2 ming so‘m ishlab topgan.

2022 yil yanvar-iyun oylarida bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 124,8 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 130,2 foiz, tashish va saqlash sohasi 126,1 foiz, savdo sohasi 120,1 foiz, sanoat sohasi 119,8 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi 115,5 %, ta’lim sohasida 114,5 foiz hamda qurilish sohasi 113,0 foizga o‘sgan.


Maqola muallifi

Teglar

maosh

Baholaganlar

4834

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing