O‘zbekistondagi bir qancha xususiy universitetlarning litsenziyasi bekor qilindi
Jamiyat
−
10 fevral
83357O‘zbekistonda hozirga qadar litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan litsenziya bekor qilingan. 1 ta OTM litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tegishli Prezident qarori bilan litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish huquqi vazirlikka berilgan.
Bugungi kunga qadar sud jarayonlari to‘liq yakunlangan va litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlari – Valley Innovative University, Urganch shahridagi Binari universitetining barcha talabalari tegishli tartibda oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirilgan. Hozirda litsenziyasi bekor qilingan boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining talabalarini o‘qishini ko‘chirish ishlari tashkil etilmoqda.
“Vazirlik litsenziyasi bekor qilingan oliy ta’lim tashkilotlarining biron-bir talabasi ko‘chada qolmasligini ma’lum qiladi. Barcha talabalarning arizasiga asosan o‘qishi belgilangan tartibda boshqa oliygohlarga ko‘chirilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi