O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar 1,2 barobar oshdi. Rossiya birinchi, AQSH oxirgi o‘rinda
Biznes
−
11 Oktabr 2023
6295O‘zbekistonda so‘nggi bir yil ichida xorijiy investitsiya ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 1,2 barobarga oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lum qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 2023 yil 1 sentyabr holatiga xorijiy investitsiya ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 17 735 tani tashkil etmoqda.
Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.
So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiya ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni (1 sentyabr holatiga):
• 2019 yil – 9 844 ta;
• 2020 yil – 11 807 ta;
• 2021 yil – 13 590 ta;
• 2022 yil – 15 159 ta;
• 2023 yil – 17 735 ta.
2023 yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 532 taga yetgan.
Davlatlar kesimida O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda – 425 ta. Ikkinchi o‘rinda esa 329 ta korxona bilan Xitoy bormoqda. Xitoydan keskin farq bilan uchinchi o‘rinni Turkiya egallagan – 143 ta. Qo‘shnilar – Qozog‘iston ishtirokidagi korxonalar esa 94 tani, Qirg‘iziston bilan 34 tani, Turkmaniston bilan 31 tani, Ozarbayjon bilan 24 tani tashkil etmoqda. Eng oxirgi o‘rinlarni esa AQSH (22 ta) va Germaniya (17 ta) egallagan.
LiveBarchasi