O‘zbekistonda karantinga olinganlar soni ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda shu bugungacha koronavirus COVID-19 infeksiyasi xavfi bilan karantinga olinganlar 151 ming kishidan oshdi.  Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarida qayd etilgan. 

Shu kungacha karantinga olingan 151 269 kishining 123 797 nafari uy karantinida, 27 472 nafari statsionar karantinda bo‘lgan. Ayni vaqtda statsionar va uy karantini kuzatuvidagilar 88 695 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 67 576 nafari uy karantinida, 21 119 nafari mamlakatda 155 ta statsionar karantin muassasasida saqlanmoqda. 

Shu vaqtgacha statsionar va uy karantinidan chiqarilib, yashash joylarida “o‘zini yakkalash” hayot tarziga o‘tkazilgan fuqarolar 62 574 kishini tashkil etmoqda. Shundan uy karantini rejimidan chiqarilib, joylarida “o‘zini yakkalash” hayot tarziga o‘tkazilgan fuqarolar 56 221 nafar, statsionar karantindan chiqarilib, joylarida “o‘zini yakkalash” hayot tarziga o‘tkazilgan fuqarolar 6 353 nafar. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing