O‘zbekistonda karantin muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi.

Shu bilan birga 2020 yil 1 iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda: 

"qizil" hududlarda:

•    rieltorlik faoliyati;
•    reklama va marketing faoliyati;

"sariq" hududlarda "qizil" hududlarga qo‘shimcha ravishda:

•    avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyati (bunda, nazariy mashg‘ulotlar masofadan turib (onlayn) o‘qitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashg‘ulotlar esa sanitariya talablariga qat’iy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim);

•    davlat tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati;

"yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qo‘shimcha ravishda:

•    sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (xostellar bundan mustasno);

•    sport seksiyalari, to‘garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;

•    oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1859

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing