O‘zbekistonda karantin 1 avgustgacha uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub’ektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va b.) tegishli ob’ektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiya aniqlangan taqdirda ushbu ob’ektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mazkur sub’ektlar hisobidan qoplanishi belgilandi.

Jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo‘yicha sanitariya-gigiyena talabiga qat’iy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

681

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing