O‘zbekistonda kannabis yetishtirish uchun qancha boj to‘lash kerakligi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tibbiy maqsadlarda kannabis yetishtirishga ruxsat beruvchi litsenziyani olish uchun qariyb 700 mln so‘m davlat boji to‘lash kerak bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga shu haqdagi tegishli o‘zgartirish kiritildi.

Qonunga muvofiq, quyidagi davlat boji belgilangan: 

•    yetishtirish uchun — BHMning 3000 baravari (669 million so‘m);

•    import va eksport qilish, qayta ishlash, saqlash, sotish, sotib olish va tashish uchun — har bir faoliyat turi uchun BHMning 200 baravari (44,6 million) miqdorida belgilangan.

Shu bilan birga, kannabisning ruxsat berilgan navlari, ularni yetishtirish va aylanmasi shartlari, litsenziyalash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ma’lumot uchun, kelasi yildan Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tibbiy maqsadlarda kannabis yetishtirilishi ko‘zda tutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

kannabis

Baholaganlar

713

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing