O‘zbekistonda quruvchilarni tekshirish uchun maxsus platforma ishga tushiriladi
Jamiyat
−
06 fevral
3062Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Shaffof qurilish” axborot tizimi doirasida uy-joylar qurilishi bo‘yicha elektron platforma yaratib, 2025 yil 1 iyuldan boshlab to‘liq ishlashini ta’minlaydi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 27 yanvar kuni qabul qilingan “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, qurilishga ulushdorlarning mablag‘larini jalb qiluvchi quruvchi qurilish tashkiloti va ob’ekt haqidagi quyidagi ma’lumotlarni elektron platformaga joylashtirib boradi:
- har bir qurilayotgan ob’ektning loyiha bo‘yicha joylashgan aniq manzili;
- qavatlari, kirish yo‘laklari;
- xonadonlari va noturar joylar soni hamda ularning maydoni;
- tutash bo‘lgan hududlar;
- moliyalashtiruvchi tijorat banki;
- sotilgan turar va noturar joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- yagona ma’muriy qurilish reglamentlaridagi hujjatlar;
- tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi;
- qurilish boshlanadigan sana va foydalanishga topshirish muddati;
- qurilish holati va qonunchilikda talab etilishi taqiqlanmagan boshqa ma’lumotlar.
Elektron platformaga ma’lumotlari joylashtirilmagan va ushbu ma’lumotlar elektron platformadan kadastr organlariga maydonlari ko‘rsatilgan holda binoning alohida realizatsiya qilinadigan qismlari taqdim etilmagan ob’ektlar bo‘yicha tuzilgan ulushli shartnomalarga notarial harakatlar amalga oshirilmaydi hamda bunday shartnomalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, ma’lumotlarni elektron platformaga joylashtirmagan quruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinishi va“Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etilishi xabar qilingandi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:
- turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
- mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;
- uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;
- uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;
- uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.
LiveBarchasi