Kurs UZS

USD

12 890.43

11.47

EUR

14 720.87

-80.92

RUB

156.04

-2.35

“Askiya city” qurilish maydonida 51 yoshli erkak vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Askiya ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy qurilish ishlari olib borilayotgan binoda baxtsiz hodisa tufayli 51 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Voqea 17 fevral kuni sodir bo‘lgan. 1974 yilda tug‘ilgan erkak ko‘p qavatli uy qurilish ishlari olib borilayotgan binoga kirayotgan vaqtida, zinapoyadan toyib ketib, baxtsiz hodisa tufayli binoning yerto‘la qismiga, balandlikdan tushib ketib, shu joyning o‘zida vafot etgan.

Bildirilishicha, hozirda tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

“Askiya city” ishi

2021 yiling 17 fevral kuni QALAMPIR.UZ saytida “INSOFT INVEST” MCHJning insofi bormi? Aholi noqonuniy qurilishdan norozi” nomli jurnalistik surishtiruv e’lon qilingan edi. Unda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Jamshid Shoshiy ko‘chasida hech qanday ruxsatsiz, tasdiqlanmagan loyiha asosida “Askiya city” nomini olgan ko‘p qavatli turarjoy majmuasi qurilgani, ushbu qurilish “INSOFT INVEST” MCHJ va “GRAND HOUSE” MCHJ tomonidan amalga oshirilgani haqida so‘z borgandi.

Noqonuniy qurilgan “Askiya city” mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi north_east

Noqonuniy qurilgan “Askiya city” mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

25 fevral kuni Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudida sudya Dilbar Xayrullayeva raisligida noqonuniy qurilish yuzasidan ish ko‘rilishi boshlanib, 2021 yil 6 aprel kuni sud tomonidan hal qiluv qarori e’lon qilindi. Qarorda “INSOFT INVEST” MCHJ va “INSOFT INVEST” MCHJ tomonidan qurilgan “Askiya city” turarjoy majmuasini kompaniya hisobidan buzib tashlash belgilangan.

Oradan 7 oy o‘tsa hamki, sud qarorining ijrosi ta’minlanmadi, noqonuniy qurilgan majmuada xonadon savdolari hamon davom etdi. Shu sababdan fuqarolar sud qarorining ijrosi paysalga solinayotganini aytib, QALAMPIR.UZ'ga qaytadan murojaat qilishgan edi.

QALAMPIR.UZ holat yuzasidan Adliya vaziri Ruslanbek Davletov fikri bilan qiziqdi. Vazir sud tomonidan noqonuniy qurilish bo‘lgani aniqlangan bo‘lsa,  bu binolarning buzilishi tarafdori ekani, noqonuniy qurilgan binoga juda katta pul milliard, trillion ketgan bo‘lsa ham adolat ta’minlanishi kerakligini ta’kidladi. Hozirgi kunda MCHJ va uy uchun pul to‘lagan 50 dan ortiq fuqaro o‘rtasida sud davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish Askiya city

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing