O‘zbekistonda qotillikda gumonlanib, 21 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
30 iyul 2023 17181 1 daqiqa
Qozog‘istondan 2002 yilda qasddan odam o‘ldirishda gumonlanib, qidiruvga berilgan 48 yoshli erkak, Rossiyadan esa 2015 yilda bosqinchilikda gumonlanib, qidirilayotgan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
"2023 yilning 6 oyi mobaynida Toshkent viloyati IIBB Tezkor qidiruv xizmati va uning quyi tizimi jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 344 kishini ushladi", deyiladi xabarda.
Xususan, 2002 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 48 yoshli X.Sh. (Angren shahrida yashagan) Qozog‘iston huquq tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan. U Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlangan.
Xuddi shu va 164-modda (Bosqinchilik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, 2015 yildan buyon O‘rta Chirchiq tumani IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 40 yoshli R. P. esa Rossiya huquq tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda tutilib, O‘zbekistonga jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Andijon viloyatida yashovchi shaxs qo‘lga olingandi. U Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi