O‘zbekistonda qidiruvga berilgan ayol Turkiyada ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston hududida odam savdosi jinoyatini sodir etishda gumonlanib, qidiruvga berilgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Turkiya Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida yirik tezkor-qidiruv tadbiri amalga oshirildi. Ushbu hamkorlik natijasida O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan va qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1981 yilda tug‘ilgan I.U. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi bo‘yicha Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan. Tezkor ma’lumotlar asosida u Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida yashirinib yurganligi aniqlandi.

Mazkur shaxs joriy yilning 17 iyun kuni Turkiya hududida qo‘lga olinib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida Interpol kanallari orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan odam savdosi uchun qidirilayotgan va uzoq vaqt davomida Turkiya hududida yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing