O‘zbekistonda qidirilayotgan shaxs AQSHda qo‘lga olindi
3-sahifa
−
14 iyul 9872 1 daqiqa
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi (Interpol MMB) va AQSHdagi vakolatli organlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida jinoyat sodir etganlikda gumonlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi AQSHda qo‘lga olinib, vataniga qaytarildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan – ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan. Interpol MMB tomonidan AQSH huquqni muhofaza qiluvchi organlari va AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan axborot almashinuvi va muzokaralar natijasida uning deportatsiya qilinishiga erishilgan.
Qidiruvdagi shaxs kecha, 13 iyul kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelingan va Interpol MMB xodimlariga topshirilgan. Hozirda qonunchilikka muvofiq javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanib, Interpol kanallari orqali qidirilayotgan ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr