Interpol izlayotgan o‘zbekistonlik ayol Ummonda qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Interpol kanallari orqali qidirilayotgan shaxs Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Ummondan O‘zbekistonga Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan fuqaro ekstraditsiya qilingan.

Taqdim etilgan materiallar asosida fuqaroga xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning Ummon hududida ekanligi aniqlangan. U joriy yilning aprel oyida ushbu mamlakatda hibsga olingan.

Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosining kuzatuvi ostida xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar ayol Ummonning Maskat shahridan Toshkentga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ummon Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing