O‘zbekistonda qidirilayotgan erkak Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida firibgarlikda gumonlanib, qidirilayotgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda “47 news” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, olti yil muqaddam erkak o‘z hamyurtini aldab, salkam 15 ming dollar pulini olib, qochib ketgan. U bir necha yillardan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 38 yoshli o‘zbekistonlik 25 mart kuni soat 23:00 atrofida qo‘lga olingan.

“U Rossiyaga 2021 yilning kuzida kelgan. Ro‘yxatga olish hujjatlariga ko‘ra, erkak mamlakatda to‘qqiz kun qurilish maydonchasida ishlash niyatida bo‘lgan. Yaqin kunlarda gumonlanuvchi o‘z vataniga deportatsiya qilinadi”, deyiladi xabarda.

 Hozir hibsga olingan shaxs navbatchilik joyida va unga nisbatan “firibgarlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qidiruv tashabbuskoriga qochqinning joylashuvi haqida ham ma’lumot berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida diniy ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun O‘zbekiston hududida qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi K.Sh.T. qo‘lga olingandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sankt-Peterburg O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing