O‘zbekistonda qaysi hudud aholisi ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
16 yanvar 2022
330852022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi eng ko‘p hududi Samarqand viloyati, eng kami esa Sirdaryo viloyati hisoblanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, hududlarning doimiy aholisi soni:
- Samarqand viloyati – 4031299 kishi;
- Farg‘ona viloyati – 3896393 kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 3408313 kishi;
- Andijon viloyati – 3253501 kishi;
- Toshkent viloyati – 2941620 kishi;
- Namangan viloyati – 2931066 kishi;
- Toshkent shahri – 2860511 kishi;
- Surxondaryo viloyati – 2743196 kishi;
- Buxoro viloyati – 1976866 kishi;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1948496 kishi;
- Xorazm viloyati – 1924167 kishi;
- Jizzax viloyati – 1443380 kishi;
- Navoiy viloyati – 1033869 kishi;
- Sirdaryo viloyati – 878599 kishi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 35 271 276 kishini tashkil etmoqda.
LiveBarchasi