O‘zbekiston aholisi 39,5 mln kishidan oshdi
Jamiyat
−
10:01 679 1 daqiqa
2026 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 39 mln 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni:
Samarqand viloyati – 4 mln 462 ming 783 kishi;
- Farg‘ona viloyati – 4 mln 293 ming 001 kishi;
- Toshkent viloyati – 3 mln 799 ming 043 kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 3 mln 746 ming 228 kishi;
- Andijon viloyati – 3 mln 574 ming 464 kishi;
- Toshkent shahri – 3 mln 278 ming 512 kishi;
- Namangan viloyati – 3 mln 190 ming 767 kishi;
- Surxondaryo viloyati – 3 mln 030 ming 030 kishi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 mln 166 ming 044 kishi;Xorazm viloyati – 2 mln 162 ming 068 kishi;
- Buxoro viloyati – 2 mln 125 ming 129 kishi;
- Jizzax viloyati – 1 mln 545 ming 176 kishi;
- Navoiy viloyati – 1 mln 196 ming 559 kishi;
- Sirdaryo viloyati – 965 ming 421 kishi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston aholisi so‘nggi 129 yilda qariyb 10 barobarga ko‘paygan. 1897 yilda mamlakat aholisi 3 mln 910,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkich 39 mln nafardan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln 236 ming 704 kishini tashkil etgandi.
Live
Barchasi