O‘zbekistonda qariyb 42 ming kishi karantinda saqlanyapti
Jamiyat
−
08 may 2020
6385O‘zbekistonda bugungacha 372 ming kishi koronavirusga qarshi testdan o‘tkazildi. Respublika bo‘yicha qariyb 42 ming fuqaro karantin muddatini o‘tayapti.Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov brifing vaqtida ma’lum qildi.
Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 41 912 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.
Ulardan:
28 928 nafar fuqaro – uy sharoitida,
12 984 nafar fuqaro – statsionar sharoitda karantinga olingan.
Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda bir kunda 12,5 mingta test sinovlari o‘tkazilyapti. Epidemologik mavsum davomida jami 372 ming kishi koronavirusga test topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda virus yuqtirganlar 2314 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 1688 nafari sog‘aygan 10 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi