O‘zbekistonda qancha talaba o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
06 sentabr 2023 6302 1 daqiqa
Ayni damda O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod talaba oliy ta’lim muassasalarida o‘qimoqda. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Aytilishicha, O‘zbekistondagi jami 211 ta oliygohda taxminan 1 mln 200 ming nafar talaba tahsil oladi. Ayni damda ikkinchi va undan yuqori kursda 950 ming, birinchi kursda esa 250 ming nafar talaba o‘qimoqda.
“Talabalarga 39 533 nafar professor-o‘qituvchilar dars beradi. Oliygohlarning o‘rtacha ilmiy salohiyati 39,8 foizni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib, o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar uchun qanday nomli stipendiyalar berilishi haqida xabar bergan edik.