O‘zbekistonda qancha odam koronavirusga qarshi karantinga olingani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan 245 nafar fuqarolardan koronavirus infeksiyasi uchun namunalar olinib, tekshirilganda koronavirus infeksiyasi topilmadi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar virusologiya laboratoriyasida o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 5 fevral kuni xorijiy davlatlardan 28 ta samolyot qabul qilindi, 3990 nafar fuqarolar sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktidan jami 663 nafar fuqarolar o‘tishgan, shulardan 40 nafarini xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniiqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1585 ta avtotransportlar, 28644 nafar fuqarolar o‘tkazilgan, shulardan 14646 nafari chet el fuqarolari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan fuqarolar ro‘yxati asosida 2912 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 2188 nafarida kasallikni yashirin davri (14 kun) yakunlangani va tibbiy ko‘rik davomida hech qanday koronavirus infeksiyasi belgilari aniqlanmaganligi bois tibbiy kuzatuv ishlari yakunlandi. Bugungi kunda 724 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.

Xukumat komissiyasi qarori bilan joriy yilning 4-6 fevral kunlari O‘zbekistonga XXRning Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan shahridan 1 ta charter reyslar orqali jami 584 nafar fuqarolar olib kelindi. Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi va 14 kun muddat davomida (kasallikning yashirin davri davomida) tibbiy nazoratga olindi. Fuqarolar uchun maxsus tayyorlangan muassasalarda barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, agentlikning markaziy shtabi mutaxassislari tomonidan 71-276-49-66 ishonch telefoni orqali murojaat qilganlarga tushuntirishlar, aniq ma’lumotlar va zarur tavsiyalar berib borilayotgani ta’kidlangan.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

Dunyo bo‘yicha 638 kishi yangi koronavirusdan vafot etdi. U bilan kasallanganlar 31 481 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing