O‘zbekistonda qancha odam karantinda ekanligi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hududida 48 mingdan ko‘proq odamlar karantinda saqlanmoqda. Bu haqda bugun, 20 may kuni Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Hozirda 48 mingdan ko‘proq fuqaro karantinda bo‘lib turibdi. Ulardan 17 mingdan ortig‘i statsionar sharoitda karantinga qamrab olingan“, deydi Otabekov.

Qayd etilishicha, mamlakatida koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy soni 2880 nafarga yetdi. Bemorlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilishi davom etyapti. Oxirgi bir kunning o‘zida 24 nafar, bugungi kunga qadar 2338 nafar, ya’ni 82 foizdan ortiq bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 9 hududda joylashgan shifoxonalarda 529 bemor davolanmoqda.

Shuningdek, 19 may kuni 13 mingga yaqin, umuman esa 528 mingdan ko‘proq laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

454

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing