O‘zbekistonda “ijtimoiy karta” joriy qilinadi
Jamiyat
−
20 fevral
14738Joriy yilning 1 oktyabridan O‘zbekistonda aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirish joriy etiladi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bunda “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamg‘armalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar o‘tkaziladi.
Shuningdek, ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda “Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Bildirilishicha, kelgusi yildan 40 ta tumanda reabilitatsiya, sog‘lomlashtirish va nogironligi bor shaxslarga qaraydiganlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘p tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari ishga tushiriladi.
Ta’kidlanishicha, hozirda nafaqa olayotgan, lekin mehnat qilib, daromad olish istagida bo‘lgan 660 ming aholi uchun zarur sharoitlar yaratilishi ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
LiveBarchasi