O‘zbekistonda iyun oyida qancha neft ishlab chiqarilgani ochiqlandi
Jamiyat
−
03 avgust 2023 5163 1 daqiqa
Joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonda 63,7 ming tonna neft ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 391,3 ming tonna neft ishlab chiqarilgan. Shundan 63,7 ming tonna neft iyun oyining o‘ziga to‘g‘ri keladi.
Neft ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.
Live
Barchasi