O‘zbekistonda iyul oyida o‘lim soni ko‘paygani aytildi
Jamiyat
−
20 avgust 2020
9663O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi QALAMPIR.UZ’ga joriy yilning yanvar-iyul oylarida mamlakatda qancha o‘lim holati aniqlangani bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, yilning o‘tgan 7 oyi davomida 92 026 kishi vafot etgan.
Oylar kesimida ko‘rib chiqilganda:
• yanvar oyida – 11 136;
• fevral oyida – 13 693;
• mart oyida – 12 633;
• aprel oyida – 11 613;
• may oyida – 11 792;
• iyun oyida – 13 790;
• iyul oyida – 17 369 kishi vafot etgan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, iyul oyiga kelib mamlakatda o‘lim ko‘rsatkichi ancha oshgan. 2019 yilning iyul oyida ushbu ko‘rsatkich 14,8 mingni tashkil etgan.
Joriy yilning 6 oyida (yanvar-iyun) 74 ming 657 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda 2018 yil 6 oy davomida 75,6 ming, 2019 yilda shuncha vaqt mobaynida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan.
LiveBarchasi