O‘zbekistonda iyul oyida o‘lim soni ko‘paygani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi QALAMPIR.UZ’ga joriy yilning yanvar-iyul oylarida mamlakatda qancha o‘lim holati aniqlangani bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, yilning o‘tgan 7 oyi davomida 92 026 kishi vafot etgan. 

Oylar kesimida ko‘rib chiqilganda: 

•    yanvar oyida – 11 136;

•    fevral oyida – 13 693;

•    mart oyida – 12 633;

•    aprel oyida – 11 613;

•    may oyida – 11 792;

•    iyun oyida – 13 790;

•    iyul oyida  – 17 369 kishi vafot etgan.

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, iyul oyiga kelib mamlakatda o‘lim ko‘rsatkichi ancha oshgan. 2019 yilning iyul oyida ushbu ko‘rsatkich 14,8 mingni tashkil etgan. 

Joriy yilning 6 oyida (yanvar-iyun) 74 ming 657 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda 2018 yil 6 oy davomida 75,6 ming, 2019 yilda shuncha vaqt mobaynida 75,8 mingta o‘lim holati hisobga olingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

246

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing