O‘zbekistonda internet tezligi o‘sganmish...

Jamiyat

image

Ishonasizmi yo yo‘q, joriy yilning iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qilmoqda. 

Xabarda qayd etilishicha, jahon miqyosida COVID-19 pandemiyasi sharoitida iyun holatiga ko‘ra, internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo bo‘ylab 8 foizga ko‘tarilgan.

O‘zbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi tahlillarga ko‘ra qariyb 2,3 baravarga o‘sgan. 2019 yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/s bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 26,77 Mbit/s ni tashkil etdi. 

2020 yil 15 iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,59 Mbit/s gacha ko‘tarilgan, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston internet

Baholaganlar

174

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing