O‘zbekistonda internet tariflari arzonlashgani aytildi. Sifat esa...
Texnologiya
−
11 dekabr 2020
8475Operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,1 foizga arzonlashtirildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov ma’lum qildi.
“Operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36,1 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s. uchun 45,0 ming so‘mni (4,3 doll.) tashkil etdi”, dedi u AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Rasmiyning ma’lum qilishicha, 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida aholi punktlarini internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan, keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish belgilangan. Bundan tashqari, mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali, keng polosali mobil aloqa qamrov darajasini 95 foizga yetkazish ko‘zda tatilgan.
Sherzod Ahmatov ta’kidlashicha, bugungi kunda Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonda Internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgani haqida ma’lum qilingan edi.
Shuni alohida qayd etib o‘tish o‘rinliki, mamlakatda internet narxi arzonlashgani bilan sifat hamon qoniqarli emas. Ijtimoiy tarmoqlarda esa hududlar emas, aynan poytaxtda ham internet sifati pastligidan noliydiganlar talaygina.
LiveBarchasi