O‘zbekistonda import qilinayotgan elektrotexnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda import qilinayotgan tayyor elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlariga utilizatsiya yig‘imini joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da begilangan.

Rejaga ko‘ra, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalar jalb qilinadi.

Shuningdek, elektrotexnika sanoatida energiya va boshqa resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligiga erishish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, mudofaa sanoatida yangi avlod elektrotexnika mahsulotlari va sanoat jihozlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Koreyaning Ilg‘or Texnologiyalar Instituti (KAIST), Tokio Ilg‘or Texnologiyalar Instituti (Yaponiya), “Nanyang” Texnologiya Universiteti (Singapur), “Sinxua” universiteti (Xitoy) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish orqali davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida Toshkentda sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida, elektronika va elektrotexnika sohasidagi mustaqil o‘quv yurtini tashkil qilish ham ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

utilizatsiya elektrotexnika

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing