O‘zbekistonda import hajmi eksportdan yuqori ekanligi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

2019 yil yanvar-mart oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 9 mlrd 406,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,2 % ga o‘sdi. Bu “Xalq so‘zi” xabar tarqatdi.
 
Shu jumladan, eksport hajmi 4 mlrd 132,7 mln AQSH dollarga (o‘sish sur’ati 20,6 %) va import hajmi 5 mlrd 273,5 mln AQSH dollariga (o‘sish sur’ati 32,9 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 1 mlrd 140,8 mln AQSH dollarini tashkil qildi.

Shu bilan birga ta’kidlab o‘tish kerakki, 2019 yilning yanvar-mart oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 705,8 mln AQSH dollarga ko‘proq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 304,4 mln AQSH dollariga ko‘proq bo‘ldi.

Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston O‘zbekistonning asosiy hamkor davlatlari bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari Koreya Respublikasi, Turkiya, Qirg‘iziston va Germaniya davlatlari bilan ham tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha ko‘rsatkich yuqori bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

tashqi savdo

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing