O‘zbekistonning tashqi savdodagi manfiy balans hajmi ortmoqda
Jamiyat
−
23 yanvar
6626O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmidan import hajmi ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston 2023 yilda 24 mlrd dollarlik eksportni amalga oshirgan bo‘lsa, import hajmi 38 mlrd dollarni tashkil etgan. Hisobot davrida -13 mlrd 715 mln AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etilgan. 2022 yilda manfiy ko‘rsatkich -11 mlrd dollarni tashkil etgan edi.
Tashqi savdo aylanmasida Xitoyga qaramlik ortib bormoqda. O‘tgan 2023 yilda 11 mlrd 260,1 mln dollarlik (2022 y. 6,4 mlrd dollar; 2021 y. 4, 9 mlrd dollar) mahsulot Xitoydan import qilingan bo‘lsa, eksport hajmi qisqarib, 2,4 mlrd dollarni tashkil etgan (2022 y. 2,6 mlrd dollar; 2021-y. 2,5 mlrd dollar).
Tashqi savdoda O‘zbekiston bilan eng ko‘p hamkorlik qilgan davlatlar:
- Rossiya – eksport 3,3 mlrd dollar, import 6,5 mlrd dollar;
- Qozog‘iston – eksport 1,3 mlrd dollar, import 3,0 mlrd dollar;
- Turkiya – eksport 1,2 mlrd dollar, import 1,8 mlrd dollar;
- Koreya Respublikasi – eksport 40,4 mln dollar, import 2,3 mlrd dollar;
- Turkmaniston – eksport 171 mln dollar import 923 mln dollarni tashkil etgan.
2023 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,9 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022 yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga kamaydi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston xorijdan sotib olgan tovarlar — import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (39,2 %), sanoat tovarlari (16,6 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,8 %) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mohinur Mamatova
LiveBarchasi