O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan ko‘proq savdo qilmoqda?
Bu qiziq
−
21 may 2024 7971 1 daqiqa
2024 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar reytingida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
- Xitoy – 3,9 mlrd dollar;
- Rossiya – 3,8 mlrd dollar;
- Qozog‘iston – 1,2 mlrd dollar;
- Turkiya – 920,2 mln dollar;
- Koreya – 695 mln dollar;
- Fransiya – 386,4 mln dollar;
- Germaniya – 345 mln dollar;
- Afg‘oniston – 308,6 mln dollar;
- Turkmaniston – 288,5 mln dollar;
- Hindiston – 270,3 mln dollar.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 4 oyda jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 20,9 mlrd AQSH dollariga yetkazgan. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 %), Rossiya (18,4 %), Qozog‘iston (5,9 %), Turkiya (4,4 %) va Koreya Respublikasida (3,3 %) qayd etilgan.
Eksport – 8,5 mlrd (9 % ga oshgan)
Import – 12,4 mlrd (3,9 % ga oshgan)
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd AQSH dollaridan oshgani xabar qilingandi.
Habib Jo‘raboyev
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025