O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2 oyda qariyb 10 mlrd dollarga yetdi
Jamiyat
−
22 mart
52842024 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd AQSH dollaridan oshgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 940,3 mln AQSH dollariga yoki 10,5 foizga oshgan. Unda eksport hajmi – 3,6 mlrd dollarni, import qiymati esa 6,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.
"O‘zbekiston ikki oyda jahonning 151 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Tashqi savdo aylanmasining salmoqli hissasi Xitoy (21,5 foiz), Rossiya (17,8 foiz), Qozog‘iston (5,9 foiz), Turkiya (4,4 foiz) va Koreya Respublikasiga (3,7 foiz) to‘g‘ri keladi", deyiladi xabarda.
Shunga qaramay, ikki oylik Tashqi savdo saldosi minus 2,7 milliard dollarga teng bo‘lgan. Ya’ni import eksportdan ancha yuqori. Bu esa valyuta barqarorligini ta’minlashda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
LiveBarchasi